• Biz bilan bog`laning!
  • +998-98-774-9999
  • ulugbek_nekov@mail.ru
  • Toshkent sh. Shayxontohur tumani Sebzor ko'chasi 3

Nekov`s_med_ed_line


1972 yil 9 noyabrda qadimiy Buxoro shahrining Peshko` tumanida tug`ilganman. Bilmaydiganlar uchun Peshko` tumani buyuk Abu Ali ibn Sino tug`ilgan joydir. 1979-89 yillar A.A ibn Sino nomli 1-maktabda o`qiganman. 1989-94 yillarda Toshkent Davlat pedagogika universitetida kimyo va biologiya yo`nalishida ta`lim olganman.

Repetitorlik faoliyatimni 1994 yil bir nafar abituriyentni tibbiyot oliy o`quv yutriga tayyorlashdan boshlaganman. Kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan bilim berganman. 1995 yilda sakkiz abituriyentni tayyorlab, ulardan yettitasi o`sha yildayoq talaba bo`lishiga sababchi bo`lganman. 1996 yilda 23 tadan 18 tasi , 1997 yilda 40 tadan 36 tasi talaba bo`lgan. 1 nafar abituriyent bilan boshlangan ish bir yilda 1000 nafar talaba murojaatigacha yetib bordi. Ayni paytda repetitorlar kollektivimiz 10dan ortiq mutaxasissdan iborat. Mashg`ulotlar o`zbek va rus tillarida olib boriladi.

Hayotda va ish faoliyatimda asosiy shiorlarim quyidagilar bo`lgan: Inson har bir ishda natijaga erishish harakatida ekan, muvaffaqiyat 10% qobiliyatga bog`liq bo`lsa, 90% mehnatga bog`liqdir. O`rgana olmaydigan o`quvchi yo`q, mehnat va sabr-toqat bilan hamma narsaga erishsa bo`ladi.

Hurmatli O`quvchi! Maqsad oliy o`quv yurtiga kirish bo`lsa, bu erishib bo`lmaydigan orzu emas! Maqsaddan chalg`imay harakat qilsangiz bo`ldi , repetitorda alohida tayyorlanish ham shart emas! Faqat yaxshi ustoz bilan maqsadga erishish tezroq va osonroq bo`ladi!

Hujjatlar har yilning 15-avgustidan 15 sentabrgacha qabul qilinadi. Darslar 15 sentabrdan 1 avgustgacha davom etadi. Darslar har kuni 6 soatdan va har yakshanba kuni sinov imtihonlari bo`lib o`tadi.